Bosh sahifa » Loyihalar » "Yosh tadbirkor kamoloti — qishloq taraqqiyoti kafolati" tanlovi

"Yosh tadbirkor kamoloti-qishloq taraqqiyoti kafolati" loyihasi

"Yosh tadbirkor kamoloti-qishloq taraqqiyoti kafolati" loyihasi

   O'zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy Harakati hamda "Agrabank" aktsiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikdagi 2009 yil 10 sentyabrdagi hamkorlik Bitimiga asosan Yoshlarda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish hamda ularga imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish orqali yangi ish o'rinlari yaratish, yoshlarni ish bilan tahminlashga ko'maklashish, mustaqil hayotda o'z o'rinlarini topish, biznesini yo'lga qo'yishda har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida  "Yosh tadbirkor kamoloti - qishloq taraqqiyoti kafolati" tanlovi e'lon qilindi.

   Ushbu hamkorlik bitimiga asosan 2009 yilgi tanlovining viloyat bosqichiga 1700 nafardan ziyod yoshlar ariza bilan murojaat qilib, shundan tanlovning respublika bosqichiga 72 nafar yosh tadbirkorlar yo'llanma olishdi. Bugungi kunda tanlovning respublika bosqichi yakunlanib tanlovda ishtirok etgan 72 nafar yosh tadbirkorlardan 13 nafari g'olib deb topildi.

   Shuningdek, 2010 yil 28 yanvar kuni "O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi" binosida tanlovning respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan yosh tadbirkorlarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Taqdirlash marosimida faol yosh tadbirkorlar Jumaladan, Namangan viloyatidan yosh tadbirkor Sevara Qodirova "Chekka hududlarda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish" nominatsiyasi bo'yicha, Surxondaryo viloyatidan Mardonqulov To'lqin "Qishloqda servis sohasini rivojlantirish" nominatsiyasi bo'yicha, Qashqadaryo viloyatidan Maxsumov Azamat "Ishlab chiqarish yo'nalishidagi eng yaxshi loyiha" nominatsiyasi bo'yicha taqdirlanishdi.