«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan «Sport-do'stlik elchisi va salomatlik garovi» harakatini rivojlantirish, yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish, sport harakatining ommaviyligini ta'minlash, yoshlarning muntazam sport bilan shug'ullanishlarini ta'minlash va sportning Badminton turini keng rivojlantirish maqsadida Badminton bo'yicha «Kamolot kubogi» turniri tashkil etilib kelinadi.

Musobaqalarda Respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston Respublikasidan 2 nafar bolalar va 2 nafar qizlardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etadilar. Musobaqalar o'tishi mobaynida ishtirokchilar nafaqat raqib sifatida bir-birlari bilan bellashdilar, balki eng avvalo respublika bosqichi o'tkaziladigan viloyatning mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlari, muzeylariga sayohat uyushtiradilar. Shuningdek, ishtirokchilar uchun madaniy dasturlar ham tashkil etiladi.
| Copyright © 2006-2009 "Kamolot" Yoshlar Ijtimoiy Harakati | mailto: info@kamolot.uz Qabulxona |
![]() |