"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo'mitasi, Madaniyat va sport ishlari, Ichki ishlar, Sog'liqni saqlash vazirliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, "Mahalla" xayriya jamg'armasi va O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda stol tennisi bo'yicha an'anaviy to'rtinchi marotaba "Kamolot malikasi" musobaqalari o'tkaziladi.
Yosh qizlarni sport musobaqalariga ommaviy ravishda jalb qilish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, qizlar o'rtasida o'zaro madaniy-sport aloqalarini yo'lga qo'yish va sportning stol tennisi turini ommaviylashtirish hamda "8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayramini munosib nishonlash musobaqalarning asosiy maqsadlaridan biridir. Musobaqalarning viloyat bosqichlari 2010 yilning 20-25 fevral kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, ularda jami 4500-5000 nafarga yaqin yosh qizlar qamrab olinishi ko'zda tutilgan. Musobaqalarning yakuniy final bosqichi 4-6 mart kunlari Toshkent shahridagi "JAR" sport-sog'lomlashtirish majmuasida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Unda Respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston Respublikasidan 1991-1992, 1993-1994 yillarda tug'ilgan qizlardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etadi. Musobaqalar o'tishi mobaynida ishtirokchilar nafaqat raqib sifatida bir-birlari bilan bellashadilar, balki eng avaalo poytaxtimizda mustaqillik yillarida hamda Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag'ishlab bunyod etilgan inshootlar, qadamjolar va Mustaqillik maydoniga sayohat uyushtiradilar. Musobaqalardan so'ng, kechqi bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida "Muqimiy" nomidagi musiqali va drama teatrida spektakl namoyishi, aktyorlar bilan uchrashuvlar, shuningdek Harakatning Toshkent shahar bo'limi Kengashi tomonidan tashkil etiladigan madaniy dasturlar, turli xil uchrashuvlarda ishtirok etadilar. Musobaqalarning 2007 yildagi yakuniga ko'ra 1991-1992 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida Sirdaryo viloyati jamoasi a'zosi Sattarova Kamola va 1993-1994 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida Toshkent viloyati jamoasi a'zosi Kim Olga "Kamolot malikalari" bo'ldilar. 2008 yilda 1990-1991 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani 19-maktab o'quvchisi Ibragimova Aynura, 1992-1993 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanidagi 208-sonli maktab o'quvchisi Sherbinina Viktoriya "Kamolot malikasi" nomiga sazovor bo'lishdi. 2009 yilda 1991-1992 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida Buxoro viloyati Buxoro shahridagi Tibbiyot kolleji o'quvchisi Feruza Narzullaeva, 1993-1994 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida Namangan viloyati Chust tumanidagi 9-maktab o'quvchisi Dilafruz Jumayeva "Kamolot malikalari" bo'ldilar. Ushbu turnirning boshqa sport musobaqalaridan ajralib turadigan yana bir jihati shundan iboratki, musobaqada g'olib va mag'lublar bo'lmaydi, bayram arafasida barcha ishtirokchilarga "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati va hamkorlarning maxsus medallari, diplomlari, sovg'alari topshiriladi. Musobaqaning Tashkiliy qo'mita a'zolari tashabbusi bilan o'tgan yillar davomida mamlakatimizning eng uzoq hududlarida: 2007 yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi Chimboy tumani, Jizzax viloyati Jizzax tumani, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlaridagi mahallalarda, 2008 yilda esa Namangan viloyati Pop tumani, Buxoro viloyati Qorako'l tumani va Xorazm viloyatidagi Xazorasp tumanlarida jami 6 ta tennis klublarini tashkil etish uchun stol tennisi jamlamalari taqdim etilgan. Eslatib o'tamiz, o'tgan yillardagi musobaqalarga 10 000 nafardan ortiq qizlar jalb qilindi. Shuningdek, Respublika miqyosida o'tkazilayotgan nufuzli sport musobaqa va ko'rik-tanlovlarda "Kamolot malikasi" musobaqasi sovrindorlari va g'oliblari yetakchi o'rinlarni egallab kelmoqdalar. Ma'lumot uchun telefon: 150-22-53, 150-22-62
Stol tennisi bo’yicha «Kamolot malikasi» musobaqalarini Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar bosqichlarini o’tkazish
JADVALI
Qoraqalpog'iston Respublikasi 24.02.10
Andijon viloyati 24.02.10
Buxoro viloyati 22.02.10
Jizzax viloyati 25.02.10
Qashqadaryo viloyati 22.02.10
Navoiy viloyati 25.02.10
Namangan viloyati 22.02.10
Samarqand viloyati 24.02.10
Sirdaryo viloyati 24.02.10
Surxondaryo viloyati 23.02.10
Toshkent viloyati 25.02.10
Farg'ona viloyati 23.02.10
Xorazm viloyati 24.02.10
Toshkent shahar 26.02.10
| Copyright © 2006-2009 "Kamolot" Yoshlar Ijtimoiy Harakati | mailto: info@kamolot.uz Qabulxona |
![]() |