«Yosh kuch» jurnali 1929 yil yanvar oyidan chiqa boshlagan.
«Yosh kuch» O'zbekiston Respublikasi yoshlarining ijtimoiy, adabiy-badiiy jurnalidir.
Tahsis etuvchi - O'zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi.
Faoliyat turi - noshirlik.
Jurnal o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi, «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunlar, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Dasturi, tahririyat Nizomi va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiradi.
Asosiy vazifalari:
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Nizomi va Dasturida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish, respublikada olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, tahlim sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, o'smirlar va yoshlarda milliy istiqlol tuyg'ularini shakllantirish, umuminsoniy іadriyatlarni targ'ib qilish, komil insonni voyaga yetkazish masalalarini yoritib borish, yoshlarning ma'naviyati yuksak, komil insonlar bo'lib yetishishiga ko'maklashish.
«Yosh kuch» jurnali oyda bir marta nashr etiladigan A4 bichimdagi 32 sahifadan iborat, o'zbek tilida chiqadigan jurnal.
Adadi - 10100.
Manzil: Toshkent shahri Chilonzor 8, Qatortol ko'chasi 60 uy, 700113.
| Copyright © 2006-2009 "Kamolot" Yoshlar Ijtimoiy Harakati | mailto: info@kamolot.uz Qabulxona |
![]() |