«Turkiston» gazetasi 1925 yildan «Yosh leninchi», 1992 yildan buyon «Turkiston» nomi bilan nashr etiladi.
«Molodej Uzbekistana» gazetasi 1926 yil noyabrdan chop etiladi (nomi o'zgarmagan).
Ta'sis etuvchi - O'zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi.
Faoliyat turi - nashirlik.
Ushbu gazetalar o'z faoliyatini «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida», «Axborot olish himoya qilish to'g'risida»gi qonunlar, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Dasturi, tahririyat Nizomi va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Asosiy vazifalari:
Mamlakat mustaqilligi, millat kelajagi uchun kurash g'oyalarini aks ettiradi. Xorijiy mamlakatlar hayoti, xalqaro munosabatlar haqida xabarlar tarqatadi. Yoshlarning turli qatlamlari, yoshlar tashkilotlaridagi jarayonlarni tahlil etadi. Umuminsoniy qadriyatlar, tinchlik, demokratiya, taraqqiyot, insonparvarlik, istiqlol, vatan tuyg'usi, milliy tarix va madaniyatni, baynalminallikni targ'ib qiladi.
Gazetalarda Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi Јarorlari hamda o'z oldiga qo'yilgan vazifalar ijrosi yuzasidan rejaga muvofiq materiallar ehlon qilingan. Shunga qaramay, ayrim dolzarb mavzular atroflicha tahlil etilmaganligi ko'rsatildi. Yoshlar o'rtasida tadbirkorlik, ta'lim tizimidagi so'nggi yangiliklar, yoshlarni qiynayotgan masalalar, yoshlar jinoyatchiligi kabi ayrim mavzular bir qadar e'tibordan chetda qolganligi ta'kidlab o'tildi. Kelgusida bolalar sportini rivojlantirish, sog'lom avlodni kamol toptirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, yoshlar o'rtasida harbiy vatanparvarlik g'oyalari targ'ibotini yanada kuchaytirish, sport, ilm-fan sohasida ibratli ishlarni amalga oshirgan yoshlar haqida ocherklar berish, dolzarb muammolarni dadil yoritish tavsiya etildi.
«Turkiston» haftada 2 marta - chorshanba va shanba (A-3 formatda, 8 sahifada), «Molodyoj Uzbekistana» haftada bir marta - payshanba kuni A-3 formatda sahifada) chiqadi.
Manzil: Toshkent shahari, Matbuotchilar ko'chasi 32 uy, 100083.
Telefonlar: (371)150-22-74, (371)233-95-97. Reklama bo'limi: (371)233-79-69
| Copyright © 2006-2009 "Kamolot" Yoshlar Ijtimoiy Harakati | mailto: info@kamolot.uz Qabulxona |
![]() |